Do‘stlaringizni yig‘ing, jamoa bo‘lib keling va aql, tezlik hamda emotsiyalar to‘la kechani o‘tkazing. Rebuslar, rasmli savollar, kino va musiqa raundlari — zerikishga vaqt qolmaydi.
Aqlli bo‘lish shart emas. Kino ko‘rgan, musiqa tinglagan va do‘stlar bilan mazmunli vaqt o‘tkazishni istaganlar uchun joy bor.
10 kishigacha bo‘lgan jamoa tuzing: do‘stlar, hamkasblar yoki kursdoshlar. Jamoaga qiziqarli nom o‘ylab toping.
Saytdagi forma orqali 1 daqiqada ro‘yxatdan o‘ting. Biz siz bilan bog‘lanib, joyni tasdiqlaymiz.
Seshanba kuni kechqurun bir necha raund: savollarga jamoa bo‘lib javob topasiz, ballar jadvalda yuritiladi.
G‘oliblar, “Ekvator”, “Zato shohsupadamiz” va lototron orqali tanlanadigan 10 nafar omadli ishtirokchi.
Har o‘yin turli raundlardan iborat: bilim ham, sezgi ham, jamoaviy ruh ham kerak bo‘ladi.
To‘rt variantdan to‘g‘risini toping — bilim va mantiq sinovi.
Kadr, joy yoki shaxsni rasmga qarab aniqlang.
Harflar, rasmlar va belgilardan yashirin so‘zni yeching.
Ha yoki Yo‘q — ikki javobdan birini tanlang. Sezgi va tavakkal raundi.
Sevimli filmlaringizni kadr va sahnalardan taniy olasizmi?
Bir necha soniyalik parchadan qo‘shiqni toping va birga kuylang.
Jadvalning tepasi ham, o‘rtasi ham, hatto pastrog‘i ham — har bir o‘ringa o‘z mukofoti bor.
Eng ko‘p ball to‘plagan uch jamoa sovrin va shohsupada suratga tushish huquqini oladi.
Jadvalning aynan o‘rtasidagi jamoa uchun. Oltin o‘rtalik ham g‘alaba!
Oxiridan ikkinchi o‘rindagi jamoa ham shohsupaga chiqadi. Ha, jiddiy.
Har o‘yinda lototron 10 nafar ishtirokchini tasodifiy tanlaydi — ularni shirinlik kutadi. Omadingizni sinab ko‘ring:
Hayajon, kulgi, “voy, bilardim-ku!” lahzalari va g‘alaba qichqirig‘i. Ko‘proq kadrlar — Instagram sahifamizda.
Ofis, bank yoki o‘quv markazi jamoasi uchun maxsus o‘yin tashkil qilamiz — team building, bayram yoki shunchaki yaxshi kecha uchun.
Joylar soni cheklangan — jamoangiz uchun oldinroq joy band qiling.
Yo‘q. Savollar turli mavzularda: kino, musiqa, rasmlar va rebuslar ham bor. Jamoada har kim o‘z kuchli tomonini topadi — asosiysi, yaxshi kayfiyat.
Jamoada 10 kishigacha bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar sonini ko‘rsating.
Kishi boshiga 50 000 so‘m.
Telegram yoki Instagram Direct orqali bizga yozing — vaziyatingizga qarab variantini birga topamiz.
Top-3 jamoa, jadval o‘rtasidagi “Ekvator” va oxiridan ikkinchi o‘rindagi “Zato shohsupadamiz” jamoalari taqdirlanadi. Bundan tashqari lototron orqali 10 nafar ishtirokchi tasodifiy tanlanib, shirinlik bilan mukofotlanadi.